"Vilyarreal" "Betis" futbolchisining transferini e'lon qildi

Alisher
16 iyun 2021, 16:30
Himoyachi Aissa Mandi "Vilyarreal" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

29 yoshli jazoirlik futbolchining shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.

Mandining so'nggi klubi "Betis" bo'lgan edi, futbolchi sevilyaliklar tarkibida 2016 yildan beri o'ynayotgandi.

Himoyachi o'tgan mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/VillarrealCF