Villi Sanol Eron terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?

Xayrulla Xoliqov
4 iyun 2020, 16:15
Eron futbol federatsiyasi matbuotda tarqalgan xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

Gap shundaki, Fransiyaning Foot Mercato sayti Eron terma jamoasiga bosh murabbiy etib Villi Sanol tayinlanishi borasida xabar chop etdi. Saytdagi xabarda Eron federatsiyasi "Bavariya"da murabbiy yordamchisi bo'lib ishlab kelgan Sanol bilan muzokara o'tkazishga tayyorligi yozilgan.

Bu yangilik ko'p o'tmay Eron nashrlarida ham berildi. Natijada federatsiya rasmiysi Amir Mehdi Alavi ushbu xabarga munosabat bildirdi: "Bu umuman yolg'on ma'lumot. Biz Villi Sanol bilan uchrashganimiz ham, gaplashganimiz ham yo'q. Terma jamoani Dragan Skochich boshqarishda davom etadi, biz xorvatiyalik murabbiyga ishonamiz".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com