Villi Kabalero: Xartning o'rnini egallashim mumkin

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 21:00
Manchester Siti posboni Villi Kabalero jamoaning asosiy darvozaboni bo'lmoqchi.
Kelishimga qadar klubda darvozabonlar qanday holatda ekanliklarini bilardim. Men sovrinlar uchun kurashayotgan top-klubga keldim.

Bunday klublarda asosiy tarkibda o'ynash uchun tinim bilmay mehnat qilish kerak.

Hozir zaxira posboni ekanimni tushunaman, ammo Xartning o'rnini egallashim mumkin, – deydi Kabalero.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru