Villash-Boash "Zenit" tarkibini Falkao bilan kuchaytirmoqchi
Aslanov Jasurbek
2 iyun 2015, 11:41
"Zenit" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash yozgi transfer oynasida qaysi futbolchilarni xarid qilishni istayotgani haqida ma'lum qildi.
Murabbiyning fikricha, jamoa hujum chizig'ini Radamel Falkao ("Monako") bilan kuchaytirish kerak. Portugaliyalik mutaxassis PSV safida to'p tepayotgan Jorjino Veynaldumga ham qiziqish bildiryapti.