Viktor Kumikov: "Muhimi uch ochko qo'lga kiritildi"

Iskandarov Abdulaziz
27 avg 2022
"Andijon" bosh murabbiyi Viktor Kumikov Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Sho'rtan"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik. Birinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq to'p tepdik. Gol urdik. Ketma-ket uchinchi o'yin bir xil tarkib bilan harakat qilmoqdamiz. Ayrim o'zgarishlar qildik. Ularga ham imkoniyat berishim kerak. Aks holda sport formasini yo'qotadi. Biroz tavakkalga qo'l urdik. Muhimi g'alaba.

Zaxiradan futbolchilar pressing qilishi kerak edi. Oldinga qarab harakat qilishlarini aytgandim. Qo'shimcha kuch sifatida yordam berishlari kutilgandi. Balki bu ruhiyat bilan bog'liqdir",- deydi Kumikov. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia