Viktor Gyokeresh "Arsenal"da qancha maosh olishi ma'lum

Khoja
14 may 2025, 10:50
Yozda "Sporting" hujumchisi Viktor Gyokeresh faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishga yaqin.

Angliya jamoasi hujumchi uchun "Sporting"ga 70 million evro to'laydi. Hujumchining o'zi esa "to'pchilar" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. U yiliga soliqlarsiz 7 million funt ishlab oladi.

Viktor Gyokeresh bu mavsumda Sporting safida barcha turnirlarda 50 o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi va 13 assistni qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com