VIDEO. PRO liga. Farg'onaning "Istiqlol" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2020, 19:35
Iyul oyidan boshlab Respublikamizda tomoshabinlarsiz boshlanadigan Pro liga bahslariga jamoalar tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Mashg'ulotlarni davom ettirayotgan klublar safida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi ham bor. Sergey Lebedov bosh murabbiyligida bo'lib o'tayotgan mashg'ulotlarda yangi nomlarni ko'rishingiz mumkin.

Darhaqiqat, “Istiqlol” mavsum bellashuvlariga bir qator tajribali murabbiylar qo'l ostida hozirlik ko'ryapti. Taniqli futbolchi sifatida farg'onaliklarga yaxshi tanish bo'lgan Anvar Berdiev bugun “Istiqlol” futbolchilari bilan ishlab, o'z mahoratini ulashmoqda. “Bu yil jamoani Superliga olib chiqishni niyat qilganmiz” deb bizga bu yilgi maqsadlar haqida gapirib berdi Berdiev.





Hojiakbar Jabborov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia