Vidal: "Tasodif tufayli "Bavariya"da o'ynayotganim yo'q, o'z poziciyamdagi eng yaxshilardan biriman"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2018, 13:48
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal klubini o'zgartirish haqida o'ylamayotganini yana bir bor ta'kidladi.

"Tasodifan "Bavariya"da o'ynayotganim yo'q. O'z poziciyamda eng yaxshilardan biriman. "Bavariya"ni tark etish haqida o'ylayotganim yo'q. Bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman. "Bavariya" bilan shartnomani mamnuniyat bilan uzaytirgan bo'lardim" - deydi chililik futbolchi.

Vidal hamda nemis grandi o'rtasidagi shartnoma 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1