Veynaldum PSJ safiga borib qo'shildi

Alisher
22 iyul 2021, 18:01
PSJ yangi o'yinchisi Jorjino Veynaldum nihoyat jamoa safiga borib qo'shildi.

"O'zgacha tuyg'u. Men ajoyib o'yinchilar o'ynaydigan ajoyib klubga qo'shildim. Parij - aqlbovar qilmas muxlislarga ega chiroyli shahar, sababi buni PSJga qarshi o'ynab bilganman. 

Bu men va oilam uchun ajoyib kun. Biz yangi sarguzashtni boshlamoqdamiz", - deydi Veynaldum.

Futbolchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: en.psg.fr