"Vest Xem" Nene bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015, 21:53
Kutilganidek Angliyaning "Vest Xem" klubi PSJ sobiq hujumchii Nene bilan shartnoma tuzdi.
"Bolg'aurarlar" hujumchisi Endi Kerroll tizzasini operaciya qildirgach bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi.

Bu yo'qotishni o'rnini to'ldirish maqsadida evrokuboklar uchun kurashayotgan "Vest Xem" Neneni o'z safiga qo'shib oldi. U yanvar oyida Qatarning "Al-Garafa" klubi bilan xayralshgan va erkin agent maqomida edi.

33 yoshli futbolchi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzildi. Agar Nene o'zini yaxshi namoyish eta olsa kelishuv yana 12 oyga uzaytiriladi. 2011/12 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi Fransiya chempionatida Olive Jiru bilan birga to'purar bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru