"Vest Xem" muxlisi jamoasining o'yin vaqtida barmog'idan ayrildi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2021, 20:31
Payshanba kuni "Vest Xem" Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning "Genk"iga qarshi safar o'yinida maydonga tushdi.

London jamoasi muxlislaridan biri so'nggi daqiqalarda ikkinchi golni nishonlash paytida (o'yin 2:2 hisobida yakunlandi) barmog'idan ayrildi. Tvittyerda stadion styuardining barmog'ini ko'tarib, panjara ustiga qo'ygani haqida hayratlanarli kadrlar paydo bo'ldi.

Britaniya ommaviy axborot vositalarining takidlashicha, erkak kishi panjaradan oshib o'tish uchun muvaffaqiyatsiz urinish tufayli barmog'idan aytirlgan. Unga tibbiy yordam ko'rsatilgan. Bu ma'lumot hali tasdiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/@1RickyRicki