

“Bolg'achilar” bosh murabbiyi Devid Moyes, Bouenning tovoni lat egani haqida aytdi, ammo bir nechta tekshiruvlar futbolchida muammo yo'qligini ko'rsatdi. Shifokorlar 25 yoshli vingerga aniq tashxis qo'ya olishmayapti.
“Uch yoki to'rt marta skanyerdan o'tkazdik va jiddiy hech narsani ko'rmadik, ammo hali ham muammo nimadaligini aniqlashga harakat qilmoqdamiz”, deydi Moyes.



