Grilish mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
"Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes noxush xabarni e'lon qildi.

Uning ma'lumotiga ko'ra, 30 yoshli yarim himoyachi Jek Grilish olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan. “Ko'klar” futbolchini "Manchester Siti"dan ijaraga olgan.

"Ehtimol Grilishga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladi, bu esa uni mavsum oxirigacha safdan chiqishini anglatadi. Lekin bu hali uzil-kesil tasdiqlangani yo'q. Jekning jarohat olishi futbolchi va klub uchun haqiqiy ko'ngilsizlik. U jamoaning juda muhim qismi va katta shaxs. Bizga u yetishmaydi, u "Everton" uchun ko'p yaxshiliklar qildi”, - dedi Moyes klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Grilish ”Everton"ga o'tganidan so'ng klub safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi hisobida 2 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: evertonfc.com