"Vest Xem" 30 mln. funtga "Sautgempton" sardorini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2023, 21:41
"Vest Xem" "Sautgempton" sardori Jeyms Uord Prouz transferi haqida e'lon qildi.

28 yoshli yarim himoyachi 4 yillik bitimga imzo chekdi. U 7-raqamda to'p tepadi.

Oldinroq, "Vest Xem" angliyalik uchun 30 mln. funt to'lashi aytilgan edi.

Uord Prouz - ayni damda o'ynab turgan APL futbolchilar orasida jarima zarbalaridan eng ko'p gol urgan o'yinchi (17) hisoblanadi. Butun APL tarixida faqat Devid Bekxem undan (18ta) ko'p gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: whufc.com