"Vest Bromvich" ikki asosiy himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi
Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 13:39
"Vest Bromvich Albion" klubi ikki himoyachi Garet Makauli va Yunas Olsson bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Ikkala futbolchi bilan kelishuv 2017 yilning yozigacha uzaytirildi.
Makauli joriy mavsumda Premer-liganing 28 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 golli pas berdi, Olsson hisobida esa 23 bahsda 1 ta gol va 1 ta golli pas bor.