Vermalenning agenti: “Tomas Italiya klublariga o'tishni mo'ljallamayapti”
Tolibjon Qosimov
18 okt 2013, 11:32
“Arsenal” klubi futbolchi Tomas Vermalenning ishlarini yurituvchi agenti Aleks Krus, futbolchining italiyan klublarining biriga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
“Tomas Italiya klublariga o'tishni mo'ljallamayapti. Men ushbu mish-mishlarning barchasini rad etaman”, - deydi Krus.
Eslatib o'tamiz, Vermalenni “Napoli” yoki “Yuventus”ga o'tishi haqida xabar tarqalgandi.