Veri Ronaldu ketganidan keyin A Seriya uchun asosiy da'vogar kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
4 sen 2021, 00:35
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri Kristian Veri hujumchi Krishtianu Ronalduning ketganidan keyin "Yuventus"ning chempionlik uchun imkoniyati pasayganini aytdi.

"Ha, "Yuventus" A Seriyaning eng kuchli jamoasi deganimni tan olaman. Ammo bu gap Ronalduning ketishidan oldin aytilgan. Hozirgi yaqqol favorit esa - "Inter". "Yuventus" 25-30 golni yo'qotdi. Krishtianu yaxshi holatda emas deb aytganlar endi baxtli. Ayni damda undan kuchliroq hujumchi yo'q", - dedi Veri.

Ronaldu "Yuventus" tarkibida 134 o'yinda 101 gol va 22 assist qayd etdi. O'tgan mavsumni jamoa 4-o'rinda yakunladi. "Inter" esa chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport