"Verder" "Borussiya"ning 30 yoshli futbolchisini ijaraga oldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 13:27
"Verder" o'z tvitterida Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi Omer Toprakni ijaraga olganini ma'lum qildi.

30 yoshli futbolchi bir mavsum davomida "Verder"da ijarada o'ynaydigan bo'ldi.

"Borussiya" Toprakni ikki yil oldin "Bayer"dan 12 million evro evaziga sotib olgandi. Shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 51 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qildi.

Uning "arilar" bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal