Veratti: “Buffon men bilan “Yuve” haqida gaplashgani yo'q”

Aslanov Jasurbek
27 mar 2017, 04:52
PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti francuz klubidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Men jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman va o'zimni Parijda uydagidek his etayapman. Jamoa muxlislarinining qo'llab-quvvatlashidan doimo xursand bo'laman. PSJda baxtliman.

Italiya A seriyasi juda yaxshi liga. Men qachonlardir Parijni tark etsam, oldimda turgan barcha variantlarni yaxshi o'rganib chiqaman.

Ayni paytda “Yuventus” dunyoning eng kuchli to'rtta jamoasidan biri hisoblanadi va yaqin uch-to'rt yil ichida ular yanada kuchayishadi.

Buffon fantastik inson. U qiyin vaqtlarda to'g'ri ko'rsatmalarni bera oladi. Ammo Janluiji men bilan “Yuventus” haqida gaplashgani yo'q. Men Parijda qolishini istayotganimni u juda yaxshi biladi”, deydi Veratti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com