

Ma'lumotlarga ko'ra, asosiy maqsad - himoya va yarim himoya chizig'ini kuchaytirish. Katta extimol bilan klubni Matyo Flamini, Kiran Gibbz, Matyo Debyushi, Mikel Arteta va Tomash Rosicki tark etadi. Himoyada 30ga to'lib qolgan Loran Koselni va Per Mertezakerga o'rinbosar topish kerak.
Jamoaning yana bir vazifalaridan biri, yangi mavsum boshlanishidan oldin "Arsenal" yetakchilari Aleksis Sanches va Mesut Ozil bilan shartnomani uzaytirish.



