Venger Yaponiyada ish boshlaydi...mi?

20 iyul 2018, 09:35
“Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Venger Yaponiya termasida ish boshlashi mumkin.

68 yoshli fransiyalik mutaxassis kunchiqar yurt termasini boshqarishga asosiy nomzodlardan bo'lib turibdi.

Vengyerda Yaponiyada ishlash tajribasi bor. U 1995/96 yillarda “Nagoya Grampus” klubini boshqargan.

Yaponiya termasining hozirgi ustozi Akiri Nisinoning shartnomasi iyul oyi oxirida yakuniga etadi va mamlakat futbol federatsiyasi u bilan shartnomani uzaytirmagan.

Yaponiya terma jamoasi JCH-2018 da 1/8 finalga qadar yetib bordi va ushbu bosqichda Belgiyaga (2:3) imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail