

"O'tgan mavsumda ikki alamli mag'lubiyat bo'ldi. Birinchisi - "Manchester Siti"dan, ikkinchisi "Suonsi"dan. "Oqqushlar"dan uchralgan mag'lubiyat chempionlik imkoniyatimizni o'ldirdi.
Muxlislarimiz, jamoani qo'llab-quvvatlashmoqda deb o'ylayman. Negativ juda tez keladi. Bu katta tezlikda harakatlanadigan, ammo ketishi qiyin bo'lgan virus. Fikrimcha, ayni damda hamma yaxshi kayfiyatda. Biz yetakchilarga yaqinlashib oldik, endi keyingi darajaga harakat qilish lozim" - deydi Venger.



