Venger: "Men hali shu yerdaman"

Mirjalol Normatov
16 noya 2018, 19:33
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ishga qaytishini ma'lum qildi.

"Men nafaqada emasman. Shunchaki meni raqobatdan mahrum qilishgan. Hozirda menga katta klubda ishlash hissiyotlari yetishmayapti. Ishga qaytaman. Futbol bilan xayrlashganim yo'q. Men shu yerdaman", - dedi Venger.

Oldinroq Venger keyingi yilda ishga qaytishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal