Venger "Arsenal" futbolchisini PSJga taklif qildi

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 19:59
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remziga yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

"Mirror" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar paydo bo'lgan. Uni Fransiya jamoasiga "Arsenal"ning sobiq ustozi Arsen Venger taklif qilgani aytilmoqda. Bu mavsumda Remzi 16 o'yinda 1 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

Ayni damda "Bavariya" ham uelslikni o'z safiga qo'shib olish uchun ishlarni davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror