Venger: "Aguero "Siti" uchun muhim futbolchi, ammo ularda boshqa kuchli o'yinchilar ham bor"

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016, 16:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 17-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Tarkib "Everton"ga qarshi bahsdagidek bo'ladi. Bazi shikastlanganlar bor, ammo barcha futbolchilar safga qaytishi kerak. Remsi maydonga tushishga yaqin.

"Manchester Siti"ga qarshi bahsda himoyada ishonchli o'ynash kerak. Biz o'z vaziyatlarimizdan doim ham unumli foydalanmaymiz, ammo ularning hujumiga munosib javob bera olamiz.

Agueroning yo'qligi? Serxio "Siti" uchun muhim futbolchi, ammo ularda boshqa kuchli o'yinchilar ham bor" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror