

Hozir futbolchi "Byornli"ga tegishli va ijara asosida "Beshiktosh"da o'ynamoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, bu transferni hal qilish uchun avval "Byornli" futbolchini turk klubidan qaytarib olishga kelishishi lozim. Turkiya jamoasi esa tovon puli talab qilishi mumkin.
Vegorstning o'zi MYUga o'tishni xohlamoqda. U Angliyaga qaytib, APLda o'zini ko'rsatish niyatida.
Futbolchi ten Xag qo'l ostida ishlashga qiziqyapti. Murabbiy ham bunga qarshi emas va klub vakillariga ushbu transferni iloji boricha tezroq hal qilish haqida ko'rsatma berdi.
30 yoshli hujumchi "Beshiktosh" safida 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.



