Vardining ehtimoliy yangi klubi ma'lum

Alisher Ostonov
3 may 2025
"Lester" forvardi Jeymi Vardi faoliyatini "Lids"da davom ettirishi mumkin.

Klub 38 yoshli inglizni olib kelish haqida o'ylamoqda, chunki "Lids" APLda mustahkam o'rnini egallashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Vardi mavsum yakunlangach, "Lester"ni tark etishini ma'lum qilgandi.

Vardi joriy mavsum 33 ta o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Teamtalk