Varan yaqin vaqt ichida MYU bilan shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2021, 20:47
"Real Madrid" himoyachisi Rafael Varan tez orada "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi.

"Real" va "Manchester Yunayted" o'rtasida deyarli kelishuvga erishildi, faqatgina shartnoma rasmiylashtirish qoldi, xolos. Bu bir necha soat yoki ertasiga amalga oshishi mumkin.

Transfer summasi taxminan 50–55 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano