Varan: "Benzema Fransiya terma jamoasida o'ynashni juda istaydi"

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 12:42
"Real" himoyachisi Rafael Varanning so'zlariga ko'ra, uning jamoadoshi Karim Benzema Fransiya terma jamoasida o'ynashni istamoqda.

Biroq "uchranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham "Qirollik klubi" hujumchisi xizmatlaridan voz kechishda davom etmoqda.

"Benzema - fenomenal futbolchi va u jamoamizda o'ynayotganidan mamnunmiz. Gap milliy terma jamoa haqida ketganida, Benzema Fransiya terma jamoasida o'ynashni juda istayotgani ayon bo'ladi. Bu bosh murabbiy qo'lida. U qaror qabul qiladi. Karim haqida ko'p suhbatlashib turaman va uning hayollarini bilaman" - deydi Varan.

Benzema Matyo Valbuena bilan bo'lgan tovlamachilik ishidan so'ng terma jamoaga chaqirilmay qo'ygan.

Benzema Valbuenaga bo'lgan tovlamachilikda ishtirok etganini tan oldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca