VAR xatolarisiz APL muqobil jadvali taqdim etildi. "Arsenal" ochkolaridan mahrum bo'lgan

Sherzod Nurmatov
28 may 2025, 18:43
VAR qarorlari jamoalarning Angliya Premer-ligasi turnir jadvalidagi yakuniy natijalariga ta’sir qildi.

Bu haqda "Squawka" xabar bermoqda.

Tahlilchilar VAR xatolaridan xoli jadval tuzishdi. Ushbu versiyaga ko'ra "Arsenal" 5 ochko ko'proq, "Liverpul" esa 3 ochko kamroq olishi kerak bo'lgan. Biroq "qizillar" baribir chempion bo'lishardi.

"Manchester Siti" va "Nyukasl" ikkita qo'shimcha ochko olgan. Shu munosabat bilan "hakkalar" Chempionlar Ligasi zonasidan tushib qolishi mumkin edi. "Nottingem Forest" ikki pog'onaga ko'tarilib, Chempionlar Ligasiga chiqishi kerak edi.

"Ipsvich" oxirgi emas, 18-o'rinni egallashi kerak edi, ammo bu kuchlar muvozanatida alohida rol o'ynamasdi. Jadvalning quyi qismida joylashgan uch jamoa ham adolatli tarzda tushib ketgan.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Squawka