VAR Suaresga halaqit qilmoqda

Aslanov Jasurbek
3 sen 2018, 12:26
"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Ueska"ga qarshi bahsdan (8:2) so'ng, videoassistent tizimini (VAR) maqtadi.

"VAR gol nishonlash maqsadini o'ldirmoqda. Tizim xursandchilikka jiddiy ta’sir ko'rsatyapti.

"Barselona" asta-sekinlik bilan o'z ritmini topib bormoqda. Boshida biroz sustlashdik, ammo raqibning golidan so'ng uyg'onishga muvaffaq bo'ldik" - deydi Suares.

Eslatib o'tamiz, Suares ushbu bahsda 2ta gol urdi va ularning biri videolavha ko'rilganidan so'ng hisoblandi.

Joriy mavsum 31 yoshli forvard LaLiganing 3ta uchrashuvida 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com