“Barselona” Suaresni short-listga kiritdi

Sherzod Nurmatov
14 avg 2026, 19:49
“Barselona” “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, muqobil variantlardan biri sifatida “Sporting” hujumchisi Luis Suaresni ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.

3.jpg

Suares kataloniyaliklarning short-listidan joy olgan, biroq “Sporting” bilan kelishib olish oson kechmaydi: kolumbiyalik futbolchi Portugaliya jamoasining muhim o'yinchilaridan biri sanaladi.

Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, agar Alvaresning transferi bilan bog'liq vaziyat o'zgarishsiz qolsa, Barselona kelgusi haftadan boshlab Suares va boshqa muqobil variantlarni ko'rib chiqishni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano