Van de Bek kelasi mavsumda MYUning asosiy futbolchisi bo'lishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022, 18:50
Erik ten Xag qo'l ostida yarim himoyachi Donni van de Bek "Manchester Yunayted"ning asosiy futbolchisi bo'lishi kutilmoqda.

Yangi murabbiy o'z rejalarini tanishtirish chog'ida niderlandiyalik futbolchi asosiy rollardan birini ijro etishini ma'lum qilgan. Ular "Ayaks"da birga faoliyat olib borgan.

Van de Bek 2020 yili MYUga o'tganidan keyin asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Shu sababli u o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Everton"da ijarada o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal