Van Basten: "Yuventus" penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonadi"

Aziz Tukhtamuradov
6 iyun 2015, 22:42
Gollandiyalik mashhur sobiq futbolchi Marko van Basten YCHL final o'yini uchun o'zining bashoratini bildirib o'tdi.
"Xop, o'zimning bashoratimni aytib o'taman. O'yinning asosiy vaqti 2:2 bo'ladi, keyin esa "Yuve" penaltilar seriyasida g'alaba qozonadi. "Yuventus"ga muxlislik qilaman. Chunki, o'zimni yarim italyan deb hisoblayman", - deydi "Milan"ning sobiq futbolchisi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru