Valverde: "Real"ga qarshi o'yin "Barselona" uchun oson bo'lmaydi"

2 fev 2019, 00:42
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim finalida "Real"ga qarshi bo'ladigan o'yinlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Katta qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz, ketma-ket ikkita yirik bahslar. Ikkala klub ham LaLigada kurashni davom ettirishmoqda. Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi ham boshlanish arafasida. Jamoalarga yuklamalar ortib boradi. Shunday bo'lsa-da, "El-Klassiko" tomoshabinlarni zeriktirib qo'ymaydi. Ajoyib yarim final bo'ladi. Finalga chiqa olamizmi, yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi. Ispaniya chempionatida "Real" qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Hozirda ularning ahvoli ancha yaxshilandi va raqibimizga qarshi uchrashuv biz uchun oson o'tmaydi",  – deya Valverdening so'zlarini keltirdi Marca nashri.  

Ispaniya kubogining yarim final bosqichi dastlabki uchrashuvlari 6 fevral kuni o'tkaziladi. Javob bahslari 27 fevralda bo'lib o'tishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com