Valverde "Barselona" uchun MYU futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 16:10
Ispan OAV "Atletik" sobiq ustozi Ernesto Valverde "Barselona" murabbiy bo'lishiga ishonishmoqda.

Valverde "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va uni Kataloniya klubiga olib kelmoqchi.

"Barselona"dagilar joriy mavsum Erreraning o'yinini kuzatishdi va u jamoaga foyda keltirishiga ishonch hosil qilishdi. Ander Errera "Atletik"da Valverde qo'l ostida to'p tepgan.

Oldinroq Valverde "Barselona" bilan kelishuvga erishgani haqidagi ma'lumotni rad etgandi.

Errera yakunlangan mavsumda APLning 31 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es