Valensiya prezidenti Realning Rodrigoga qiziqishi haqida: Uning narxi 120 million evro

Narzulla Saydullayev
21 avg 2018, 13:17
Valensiya prezidenti Anil Murti jamoa hujumchisi Rodrigoning Realga o'tishi borasida fikr bildirdi.

Lopetegi Rodrigo bilan yaxshi tanish ekanligidan barchaning xabari bor, ammo Realda nimalar bo'layotganini bilmaymiz.

Bitta narsani aniq bilaman: Rodrigo – juda muhim o'yinchi va narxi juda qimmat. U Valensiyada o'ynamoqchi va transfer narxi 120 million evro.

Buni osmondan olganimiz yo'q, bugungi kundagi bozorni juda yaxshi o'rganib chiqqanmiz, – deydi Murti.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net