"Valensiya" Kopa Amerika sovrindorini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

3 avg 2019, 20:15
LaLiga vakili "Valensiya" perulik Luis Advinkulani sotib olishga yaqin turibdi.

Bu haqda AS nashri ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, transfer narxi 4 million evroni tashkil qiladi. "Rayo Valekano" futbolchisi o'tgan mavsum 28 ta o'yin o'tkazdi va klubi bilan Ispaniya quyi ligasiga ravona bo'ldi.

Yaqin soatlar ichida rasmiy xabar e'lon qilinish ehtimoli katta. Qayd etish kerak, Peru terma jamoasi himoyachisi Advinkula Kopa Amerika-2019 musobaqasida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: as.com