"Valensiya" himoyachisi "Arsenal"da - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025
"Valensiya" markaziy himoyachisi Kristian Moskera "Arsenal"ga o'tmoqda.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

"Arsenal" futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Rasmiy xabar tez orada e'lon qilinadi.

21 yoshli futbolchi uchun 15 mln evro hamda bonuslar to'lanadi – umumiy summa deyarli 20 mln evroga etadi. 

Tibbiy ko'rik jarayoni hafta oxiriga rejalashtirilgan. 

Moskera "ko'rshapalaklar" tarbiyalanuvchisi va Ispaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi sanaladi. U o'tgan mavsum La Ligada 37 o'yinda 1 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano