Vagiz Galiulin va "Tosno" "Zenit"dan ochko tortib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2017, 19:45
"Tosno"ning o'zbekistonlik futbolchisi Vagiz Galiulinning aytishicha, "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ochko qo'lga kiritmoqchi ekanliklarini aytib o'tdi.

"Tosno" uchun xar bir o'yin derbi maqomida bo'ladi. Chunki, biz Premer-Ligada birinchi yil o'ynayapmiz. Hozirda "Zenit"ga qarshi o'yinda ochko olishga tayyorlanmoqdamiz.

Birinchi davrada bo'lib o'tgan o'yinda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari sezilgandi. Biz o'z maydonimizda o'ynayotganimizni his qilgandik. O'shanda juda yaxshi o'yin ko'rsatgandik. Yaxshi vaziyatlarimiz bo'lgandi. Ammo, gol kirita olmagandik. "Zenit" esa o'z imkoniyatidan foydalanib qolgandi. 

O'yindan so'ng "Tosno" yaxshi o'ynagani haqida gapirishlarini istaymiz. Buning uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi Galiulin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sovsport.ru