Vadim Chemirtan: "Buxorolik muxlislarni yaxshi ko'raman. Boshqa klubga o'tishimning sababi bor"

Narzulla Saydullayev
21 dek 2016, 07:10
"Buxoro" klubi hujumchisi Vadim Chemirtanning "Bunyodkor"ga o'tayotgani haqida xabar bergandik.

Buxorolik muxlislar moldovalik futbolchini "Buxoro"dan ketmasligini juda xohlashmoqda. Chemirtan ijtimoiy tarmoq orqali buxorolik muxlislarga murojaat qildi.

"Aslida men ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan gaplashmayman. Biroq bu safar istisno qilaman. Sababi buxorolik muxlislarni yaxshi ko'rib qoldim.
Boshqa klubga o'tishimning asosiy sababi bu Osiyo Chempionlar ligasida o'ynash istagi. Sizlarga katta rahmat aytmoqchiman. Meni to'g'ri tushuninglar mening ham oilam, bolalarim bor, ularni qornini to'ydirishim kerak. "Buxoro"ga yangi mavsmuda sovrinli o'rinlardan birini egallashini va OCHLga yo'llanma olishini tilayman.

Barcha buxorolik muxlislarni Yangi Yil bayrami bilan tabriklayman. Barchaga omad", - deb yozadi Vadim Chemirtan feysbukdagi o'z sahifasida.


Intervyu. Chemirtan kelishuvga amal qilmadi

Chemirtan "Bunyodkor" safida mashg'ulot o'tkazmoqda

Buxorolik muxlislar Vadim Chemirtanga pul yig'ib berishga tayyorlar FOTO

Vadim Chemirtan "Bunyodkor" bilan og'izaki kelishuvga erishdi

Vadim Chemirtan: "Buxoro" bilan shartnomam tugagan

Oliy liga-2016. Ikkinchi davraning eng foydali transferlari

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia