24 sentyabr kuni Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida 2013 yilgi O'zbekiston Futzal Uyushmasi Kubogi yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'yinlar yakuniga ko'ra, Ardus va Maksam-Chirchiq jamoalari musobaqa finaliga yo'l olishdi.
Musobaqaning bu yilgi yarim final o'yinlari, so'nggi yillarda O'zbekistonning eng barqaror va mashhur jamoalari hisoblangan Ardus va Maksam-Chirchiqga Uzpromstroybank va SQB-Yunusobod havaskor jamoalari raqiblik qilishdi.
Finalga qadar bankning har ikkala jamoasi Oliy Liganing bir qator jamoalarini, jumladan, Bunyodkor va o'tgan yilgi futzal bo'yicha barcha musobaqalar g'olibi – Lokomotivni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga xos shov-shuvlar ko'tarib bo'lishgan edi. Shundan kelib chiqib, 2013 yilgi Uyushma Kubogi finalida kamida bitta havaskor jamoa ishtirokini taxmin qilish mumkin edi. Biroq Ardus va Maksam-Chirchiq o'yinchilari saviyasi baribir yuqoriroq chiqdi.
Aynan saviyadagi farq musobaqa finalchilarini aniqlash hal qiluvchi rol o'ynadi.
Kunning birinchi o'yinida Maksam-Chirchiq raqib darvozasiga uchta gol urib, tanaffusga nisbatan katta ustunlik bilan chiqib ketishdi. Biroq ikkinchi bo'limda SQB-Yunusobod o'yinchilari tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va hisobdagi farqni ikkitagacha qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Shunga qaramay, SQB-Yunusobod o'yinchilarining himoyadagi xatolari Maksam-Chirchiq o'yinni 5:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashi uchun etarli bo'ladi.
Uzpromstroybank o'yinchilari Ardusga qarshi o'yinni ancha jonli boshlashdi. Ular o'yin boshida ikkita samarali hujum tashkil etib, shu bilan raqibni dovdiratib qo'yishdi. Biroq o'yin oxirigacha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinchilari – Artur Yunusov, Dilshod Rahmatov, Nikolay Sviridov, Andrey Shlyoma va boshqalarning sai-harakatlari samarasi o'laroq Ardus hammasini joy-joyiga tushirdi. O'yin 6:2 hisobida Ardus g'alabasi bilan yakuniga etdi.
2013 yilgi Uyushma Kubogi finali 26 sentyabr kuni O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.