"Unda o'zbek futbolchilari haqida ko'p ma'lumot bor" - Fabio Kannavaro Timur Kapadzening yordamchi bo'lishi haqidagi savolga javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2025, 17:03
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga Timur Kapadze haqida savol berishdi.

- Terma jamoaga moslashib olishingizga qancha vaqt kerak bo'ladi? Timur Kapadze qancha vaqt sizga yordam berishi kerak deb o'ylaysiz? 

- U sizga yordamchi murabbiy bo'lmoqchi emasman deb aytdimi? (kuladi). U biz bilan birga. Har kuni birga ishlamoqdamiz. U bilan o'xshash mentalitet va falsafaga egamiz. O'zbekiston madaniyati va futbolchilari haqida unda ko'proq ma'lumot bor. Shu sababli u hozir biz bilan birga. 

Menda mahalliy mutaxassis bilan birga ishlashda muammo yo'q. Xitoyda ishlaganimda ham mahalliy mutaxassislar menga yordam bergan. Biz balki nafaqat murabbiy, balki boshqa mahalliy mutaxassisni ham terma jamoaga jalb etarmiz.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia