Unai Emeri: "PSJ "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotladi"

Tolibjon Qosimov
20 mar 2017, 19:08
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri Fransiya chempionati 30-turida "Lion" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1)ning muhimligini aytib o'tdi.
"Biz uchun "Lion"ni mag'lub etish muhim edi, sababi "Monako"ni qochib ketishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Qishki tanaffusdan keyin biz 19 uchrashuvda 16 g'alabani qo'lga kiritdik va faqat "Barselona"dan mag'lubiyat qabul qilib oldik. O'z natijalarimiz bilan kataloniyaliklardan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotladik", - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net