Unai Emeri muzokara o'tkazish uchun Londonga keldi

Tolibjon Qosimov
21 may 2018, 19:58
PSJ sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri Londonga yetib keldi.

Bundan maqsad "Arsenal" bosh murabbiyligiga tayinlanishi borasida muzokara o'tkazish. Bu haqda "Sky Sports" jurnalisti Gilem Balage xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi vaqtlardagi ma'lumotlarga ko'ra, "kanonirlar" sobiq futbolchisi Mikel Arteta bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko'rilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GuillemBalague