Unai Emeri: "Hakamlar bizga halal berishdi"

Tolibjon Qosimov
10 fev 2014, 11:41
"Sevilya" ustozi Unai Emeri "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:4) bosh hakamni tanqid qildi.
"Hakamning xatolari haqida hech nima demayman. Ammo hakamning saviyasi bizga o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon bermadi. Har bir to'qnashuvda hakam raqib foydasiga hushtak chalaverdi. Biz kataloniyaliklarga qarshi keskin o'yin namoyish etmoqchi edik, ammo hakam imkon bermadi", – deydi Emeri AS nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net