Unai Emeri: "Agar Kavani va Neymar kelisha olmasa, penaltini kim tepishini men belgilab beraman"

Tolibjon Qosimov
18 sen 2017, 20:58
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri "Lion"ga qarshi bahs (2:0)da penaltini tepish uchun hujumchilar Kavani va Neymar o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, o'sha vaziyatda penaltini Kavani tepdi va gol ura olmadi.

"Bizda bir nechta shtabchi penaltichi bor. Kavani ham, Neymar ham ularning orasiga kiradi. Penaltini aynan kim tepishini o'yinchilar maydonda o'zlari kelishib olishlari kerak. Agar, ular kelisha olishmasa buni men belgilab beraman. Chunki, bu narsa muammoga aylanishini xohlamayman", - dedi Emeri.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com