Umtiti sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 13:40
"Lion" "Barselona" himoyachisi Samyuel Umtitining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, klub futbolchini bir yilga ijaraga olishni o'ylamoqda. Yaqin vaqtlar ichida tomonlar bu borada muzokaralarni boshlaydi.

27 yoshli futbolchi "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yilning yozida 25 million evro evaziga "Barselona"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda Umtiti barcha turnirlarda 16 o'yinda qatnashdi.

Uning klubi bilan kelishuvi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es