Umid Xonimqulov: "Himoyadagi xatolarimiz qimmatga tushdi"

16 apr 2016, 21:28
Oliy liganing 5-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Olmaliq" (4:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar posboni Umid Xonimqulov qisqacha o'yin haqida fikrlarini bildirdi.


"Mag'lubiyatga asosiy sabab - himoyadagi xatolarimiz. "Bunyodkor"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda bir qator vaziyatlarda himoyachilar bilan tushunmovchiliklar yuzaga keldi. Bu haqida biror narsa degandan foyda yo'q. Ortiqcha bahs shart emas. Xatolarimiz ustida ishlab, keyingi o'yinlarda bu ishlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Xudo xohlasa keyingi uchrashuvlarda xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Bunyodkor"ga esa "Lahviya" bilan bo'ladigan bahsda omad", - deydi Umid Xonimqulov. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia