Umar Eshmurodovning navbatdagi jamoasi ma'lum!

Mirjalol Normatov
15 dek 2023
Bugun "Nasaf"dan ketgani e'lon qilingan Umar Eshmurodov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi.

Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning ma'lumotiga ko'ra, u endilikda "Selangor" jamoasi sharafini himoya qiladi. Himoyachi ushbu klub bilan 2 yillik shartnoma imzolash borasida kelishuvga erishgan.

Eshmurodov "Nasaf" tarkibida umumiy 217 o'yinda maydonga tushdi va 3tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/press_ball